LOGISTIKANI 0 DAN O‘RGANING VA REAL AMALIYOT BILAN ISH BOSHLANG
Logimax logistika akademiyasida Xalqaro logistika yoki Amerika logistikasini nazariya bilan cheklanib qolmasdan, real amaliyot asosida o‘rganing.
Shaxsiy amaliy ish stoli
Real platformalar va yuk botlari taqdim etiladi
Logistika — shunchaki yuk tashish emas
Logistika — tovarlar, xizmatlar va ma’lumotlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga qadar yetib borish jarayonini boshqarish va optimallashtirish tizimi.
Tashish
Tovarlarni eng samarali yo‘nalish orqali yetkazib berishni tashkil qilish.
Saqlash
Mahsulot va yuklarning to‘g‘ri saqlanishini boshqarish.
Ta’minot
Kerakli mahsulot yoki xomashyoning o‘z vaqtida yetib kelishini ta’minlash.
Xarajatlarni optimallashtirish
Vaqt va xarajatni kamaytirgan holda samarali logistika tizimini qurish.
Logimax’da esa siz bu jarayonlarni faqat nazariyada emas, amaliy topshiriqlar va real ish jarayonlari orqali o‘rganasiz.
O‘zingizga mos yo‘nalishni tanlang
Karyera maqsadingiz va qiziqishingizga qarab xalqaro yuk tashish operatsiyalari yoki AQSH trucking dispatching sohasini tanlang.
XALQARO LOGISTIKA
Xalqaro yuk tashish jarayonlari, hujjatlar, yuk topish, transport bilan ishlash va real logistika operatsiyalarini o‘rganing.
AMERIKA LOGISTIKASI
AQSH logistika tizimidagi Dispatching, Fleet Management, Safety va Accounting yo‘nalishlarini real kompaniya muhiti bilan o‘rganing.
Xalqaro logistika
Boshlang‘ich bilimdan real yuklar bilan ishlashgacha. O‘qish tezligi va vaqtingizga mos formatni tanlang.
Xalqaro Logistika — Standard
3 hafta — Nazariya
- Logistika asoslari va xalqaro savdo
- Tashish turlari va transport vositalari
- Tashish usullari (multimodal, intermodal)
- CMR (Xalqaro tovar-transport yuk xati)
- TIR Carnet kitobchasi bilan ishlash
- Fraxt narxini hisoblash va stavkalar
- Taxograf va haydovchilar ish rejimi
- Xavfli yuklar klassifikatsiyasi (ADR)
- Xavfli yuklarni tashish uchun qo‘shimcha hujjatlar
- Fitosanitariya va veterinariya sertifikati
3 hafta — Amaliyot
- Siz uchun shaxsiy online ish stoli tayyorlanadi
- Logistika ishida foydalaniladigan professional botlar
- Yuk topish uchun maxsus Telegram kanallar
- Kerakli ilovalar va platformalar bilan ishlash
- Real yuklar va buyurtmalar bilan ishlash tajribasi
- Buyurtma/yuk bilan qanday ishlash reglamenti
- 0 dan boshlab daromad olish jarayoni va muzokaralar
Xalqaro Logistika — Express
9 kun — Intensiv nazariya
- Logistika asoslari va xalqaro marshrutlar
- Tashish turlari va zamonaviy transport
- Tashish usullari va tezkor yuk yetkazish
- CMR xalqaro yuk xujjatlari
- TIR Carnet tartib-qoidalari
- Fraxt stavkalari va tezkor hisob-kitob
- Taxograf qoidalari va monitoring
- Xavfli yuklar tartibi (ADR)
- Qo‘shimcha yuk hujjatlari va ruxsatnomalar
- Fitosanitariya va bojxona rasmiylashtiruvi
3 hafta — Amaliyot
- Shaxsiy online ish stoli va instrumentlar
- Kerakli botlar va operativ kanallar tarmog‘i
- Maxsus logistika ilovalarida ishlash
- Real yuklar bilan amaliy mashg‘ulotlar
- Mijoz va tashuvchilar bilan bevosita ishlash
- Logistika ishini 0 dan boshlash strategiyasi
Amerika logistikasi
AQSH trucking industriyasidagi asosiy departmentlarni o‘rganing va real kompaniyada amaliyot qiling.
O‘rganiladigan 4 ta asosiy department:
Dispatching
Online yuk bozoriga kirib, yukni tahlil qilish, truck va treylerga yaxshi narxda yuk berish va uni A dan B gacha kuzatish.
Fleet Management
Truck va treyler turi bilan tanishib ishlash, driver bilan ishlash tartibi, texnik nosozlikni bartaraf etish.
Safety
DOT / FMCSA / DMV tashkilotlari bilan ishlash tartibi: Kompaniya va driverni yo‘l qoidalari va hujjati bo‘yicha xavfsizligini ta’minlash.
Accounting
Kompaniyadagi barcha moliyaviy jarayonni boshqarish. Hujjatlar bilan ishlash: Invoys, Rate confirmation, BOL, POD, Statement, Factoring ..... standard.
Amerika Logistikasi — Standard
1 oy — Nazariya (4 ta department)
- Dispatching: Online yuk bozoriga kirib, yukni tahlil qilish, truck/treylerga yuk berish va A dan B gacha kuzatish
- Fleet Management: Truck va treyler turlari, driver bilan ishlash va texnik nosozlikni bartaraf etish
- Safety: DOT / FMCSA / DMV tashkilotlari bilan ishlash va yo‘l xavfsizligi hujjatlari
- Accounting: Invoys, Rate confirmation, BOL, POD, Statement, Factoring hamda moliyaviy nazorat
1 oy — Amaliyot
- Real Amerika logistika kompaniyasi ichida amaliy mashg‘ulotlar
- AQSH brokerlari bilan jonli muzokara simulyatsiyasi
- Haqiqiy yuk harakatini kuzatish va dispatch operatsiyalari
- Kompaniya ichki dasturlari va tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi
Amerika Logistikasi — Express
2 hafta — Intensiv nazariya
- Dispatching asoslari va tezkor yuk bron qilish
- Fleet Management va texnik nosozlikni bartaraf etish
- Safety talablari va shoshilinch vaziyatlar boshqaruvi
- Accounting: Birlamchi logistika moliyasi va hujjat aylanishi
1 oy — Amaliyot
- Real Amerika logistika kompaniyasi ichida amaliy mashg‘ulotlar
- Tezlashtirilgan real keyslar va kundalik yuk oqimi bilan ishlash
- Brokerlar bilan telefon va email muloqotlari amaliyoti
- Mustaqil dispatching va operatsiyalarni boshlashga tayyorgarlik
Kurs faqat dars bilan tugamaydi
Logimax’da maqsad sizga faqat logistika terminlarini o‘rgatish emas. Kurs davomida real ish jarayoniga yaqin muhitda ishlash, kerakli platformalar bilan tanishish va amaliy tajriba olishga e’tibor beriladi.
Asosiy bilimlarni o‘rganasiz
Logistika atamalari, hujjatlar (CMR, TIR, Rate Con) va tashish tamoyillarining fundamental asoslarini o‘zlashtirasiz.
Ish uchun kerakli vositalarni o‘zlashtirasiz
Maxsus dispatch tizimlari, yuk topish botlari, Telegram kanallar va professional dasturlarda ishlashni o‘rganasiz.
Real jarayonlar bilan ishlaysiz
Haqiqiy buyurtmalar, real yuklar, tashuvchilar va brokerlar bilan muzokara simulyatsiyalarida ishtirok etasiz.
Mustaqil ishlashga tayyorlanasiz
Amaliyot yakunida logistika operatsiyalarini 0 dan boshlab mustaqil yuritish va daromad olishga to‘liq tayyor bo‘lasiz.
Logimax o‘quvchilarining real natijalari
Quruq nazariya emas, real amaliyot samarasi. O‘quvchilarimiz o‘qish jarayonining o‘zidayoq yuk yopib, kurs to‘lovini qoplamoqda va yetakchi kompaniyalarda ish boshlamoqda.
“Biz LogiMax akademiyasi sizdek iqtidorli va intiluvchan o‘quvchilarimiz borligidan faxrlanamiz!”

Maxmudjonov Samir18 yosh
United Group Logistics Holding
18 yoshida noldan boshlab, yirik xalqaro "United Group Logistics Holding" kompaniyasiga ishga kirdi va mustaqil logistika mutaxassisiga aylandi.

Raxmatjonov Doston
Kurs yakunlanmasidanoq o‘qish uchun kiritgan sarmoyasini 2 barobar qilib ishlab oldi va amaliyot jarayonida yuqori natija qayd etdi.

Boboyeva Gulshan
Farzandlari bilan birgalikda tahsil olib, amaliyot davrining o‘zidayoq kurs to‘lovining yarmini ishlab topdi.

Ostonaqulov Sanjar
Kurs tugaguniga qadar o‘qish to‘lovini deyarli to‘liq ishlab bo‘ldi. Hozirda har kuni kamida 2 tadan yukni muvaffaqiyatli yopmoqda (load closing).

Gulchehra
1 oy ichida ham ichki, ham tashqi (eksport-import) yuklar bilan ishlashni yo‘lga qo‘ydi. O‘zining shaxsiy ishonchli haydovchilar va yuk beruvchilar bazasini shakllantirdi.

Shoxjaxon
1 oylik amaliyotning o‘zida ichki yuklar orqali kurs to‘lovini to‘liq ishlab bo‘ldi. Har kuni 2 tadan 4 tagacha yuk yopib, tashqi xalqaro yuk yo‘nalishlariga qadam qo‘ydi.

Farzona Djurakulova17 yosh
Avesto LLC
17 yoshida AQSH logistika tizimi va yuk boshqaruvini mukammal o‘zlashtirib, nufuzli "Avesto LLC" kompaniyasida ish faoliyatini boshladi.

Axrorov Amirxon
Xalqaro logistika ta’limini muvaffaqiyatli tamomlab, bugungi kunda tashqi (eksport va tranzit) yuklar bilan professional darajada shug‘ullanmoqda.

Sultonov Shaxruz
Xalqaro logistika kursini to‘liq o‘tab, sohada o‘z yo‘nalishi bo‘yicha rasmiy ishga joylashdi va barqaror muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Siz ham logistika sohasida o‘z muvaffaqiyat tarixingizni yozing
Logimax mutaxassislari sizga noldan boshlab yuk topish, brokerlar va haydovchilar bilan ishlash, hamda o‘qish davomidayoq daromadga chiqish yo‘lini o‘rgatadi.
Biz bilan hamkorlik qilayotgan nufuzli kompaniyalar
O‘quvchilarimiz real amaliyot o‘tashi, stajirovka qilishi va ishga joylashishi uchun AQSH hamda xalqaro bozorlarda faoliyat yurituvchi logistika kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikdamiz.
Avesto LLC
AQSH va Xalqaro logistika
AQSH va xalqaro bozorlarda faoliyat yurituvchi yetakchi logistika hamkori
United Group Logistics
Xalqaro Logistika Xoldingi
Yirik xalqaro logistika xoldingi va transport tizimlari
Unified Service and Consulting
Konsalting va Transport
Logistika va biznes konsaltingi bo‘yicha strategik hamkor
FreightExpert
Yuk tashish va Dispetching
Xalqaro yuk tashish va professional dispetcherlik xizmatlari
Nega Logimax?
O‘quvchilarimizga zamonaviy bilim, qulay dars jadvallari va professional amaliyot muhitini taqdim etamiz.
Nazariya + amaliyot
Faqat dars emas, real ish jarayonlarini ham o‘rganasiz.
Ikki xil yo‘nalish
Xalqaro logistika yoki Amerika logistikasidan o‘zingizga mosini tanlaysiz.
Standard va Express
O‘qish tezligingiz va vaqtingizga mos format mavjud.
Real kompaniyada amaliyot
Amerika logistikasida real kompaniya muhitida tajriba olish imkoniyati.
Ish uchun kerakli instrumentlar
Botlar, kanallar, platformalar va ish jarayonida kerak bo‘ladigan vositalar bilan tanishasiz.
0 dan boshlash mumkin
Logistika bo‘yicha oldindan tajriba bo‘lishi shart emas.
Qaysi logistika yo‘nalishi sizga mosligini bilmayapsizmi?
Ma’lumotlaringizni qoldiring. Logimax mutaxassisi siz bilan bog‘lanib, kurslar bo‘yicha batafsil ma’lumot beradi.
Ko‘p beriladigan savollar
Kurslar, o‘qish jarayoni va amaliyot bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga aniq javoblar.
Ha. Kurslar boshlang‘ich bilimga ega bo‘lmagan o‘quvchilar uchun ham moslashtirilgan. Logistika asoslari, atamalari va birlamchi tushunchalar 0 dan sodda va tushunarli tarzda o‘rgatiladi.
Xalqaro logistika xalqaro yuk tashish, chegaralararo hujjatlar (CMR, TIR Carnet) va transport operatsiyalariga qaratilgan. Amerika logistikasi esa AQSH trucking industriyasidagi Dispatching, Fleet Management, Safety va Accounting jarayonlariga yo‘naltirilgan.
O‘quv dasturining asosiy yo‘nalishi bir xil, lekin Express kurs intensiv jadval (dushanbadan shanbagacha) asosida qisqaroq muddatda o‘tiladi. Standard kurs esa haftada 3 kunlik darslar bilan qulay sur’atda olib boriladi.
Ha. Kurs dasturlarida amaliy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor beriladi. Xalqaro logistikada shaxsiy ish stoli va real yuk platformalari beriladi. Amerika logistikasida esa amaliyot real logistika kompaniyasi ichida amalga oshiriladi.
Tanlangan yo‘nalish va formatga qarab taxminan 1 oydan 2 oygacha (Xalqaro logistika: 1 oydan 1.5 oygacha; Amerika logistikasi: 1.5 oydan 2 oygacha).
Saytdagi arizani to‘ldirib, "Hali tanlamadim" variantini belgilang. Logimax mutaxassisi siz bilan bog‘lanib, qiziqishlaringiz va maqsadingizdan kelib chiqqan holda mos yo‘nalishni tavsiya qiladi.
Logistika sohasidagi birinchi qadamingizni Logimax bilan boshlang
O‘zingizga mos kursni tanlang yoki mutaxassisimizdan bepul konsultatsiya oling.